Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XUSHYORLIK VA OGOHLIK DAVR TALABI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/2c09ce05571b2a8ebab19.jpg)
2021-08-25 20:29:54 117
![](https://telegra.ph/file/2c09ce05571b2a8ebab19.jpg)
Qo’shtepa tumanidagi 15-sonli musiqa va san'at maktabida maktab direktorlari, ularning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari, imom-xatiblar, otinoyilar, jamoatchilik vakillari hamda tuman faollari ishtirokida muhokama yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda noqonuniy diniy saboq berish holatlarining oldini olish, mahallalarda hushyorlik va ogohlikni kuchaytirish, voyaga yetmaganlarning diniy saboq olish maqsadida noqonuniy ravishda Misr Arab Respublikasiga chiqib ketishini, shuningdek, aholi orasida nosog’lom aqida singdirilishini oldini olish, milliy va diniy qadriyatlarga hurmatni yanada oshirish, yoshlar ta'lim-tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratish hamda qonun ustuvorligini ta'minlash bo’yicha tushuntirish va targ’ibot ishlari olib borildi.
![](https://telegra.ph/file/e2d6b020f2b0b20267761.jpg)
![](https://telegra.ph/file/e10cb5cb1b8fda1c99912.jpg)
Yig’ilishda tuman hokimi I.Novikov, viloyat hokimining o’rinbosari J.Xatamov, viloyat halq ta'limi boshqarmasi boshlig’i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sh.Dolimov va huquq tartibot idoralari xodimlari ishtirok etishdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi