Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 201 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOLIQCHI - TADBIRKORGA KO’MAKCHI 

×

 2021-08-25 14:42:07    136

PDF yuklash
Chop etish



       “Soliqchi-tadbirkorga ko’makchi” tamoyili asosida davlat ro’yhatidan o’tgan tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyat yuritishlariga ko’maklashish soliq xizmati organlarining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Qo’shtepa tumani Davlat soliq inspektsiyasi Yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish bo’limi, Tadbirkorlikni ko’llab-quvvatlash sho’'basi tomonidan ushbu hayotbaxsh tamoyil doirasida 2021 yilning yanvar-iyul oylarida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, ishbilarmonlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlik sub'ektlarni aniqlash bo’yicha aniq mezonlar ishlab chiqildi. Belgilangan mezonlarga ko’ra, amaliy yordam ko’rsatilishi kerak bo’lgan korxonalar xususan, tovar aylanmasi hamda xodim soni kamaygan, amaliy yordam so’rab marojaat qilgan (so’ngi 1 yil davomida), soliq majburiyatlarini bajarish bo’yicha kamchiliklarga yo’l qo’ygan, hisobot topshirmagan, «nol» hisobot topshirgan, soliq to’lovlarini amalga oshirmagan, ish haqi hisoblamagan, bank aylanmasini amalga oshirmagan tadbirkorlik sub'ektlari o’rganilib, muammolari bo’yicha amaliy yordamlar ko’rsatildi.

Jumladan, joriy yilning shu davriga qadar 785 ta tadbirkorlik sub'ektlarida o’rganish ishlari olib borildi. Bu borada aniqlangan muammolar 14 ta yo’nalishda (soliq organlariga aloqador masalalar 411 ta, boshqa idora va tashkilotlarga aloqador muammolar 40 ta) belgilab olinib, 785 ta tadbirkorlik sub'ektlaridan 450 tasiga ko’maklashish lozimligi, 334 ta tadbirkorlik sub'ektlariga ko’mak zarur emasligi aniqlandi. Bundan soliq organiga aloqador masalalar 411 ta, boshqa idora va tashkilotlarga aloqador masalalar esa 40 tani tashkil etadi.

Bundan tashqari, “Soliqchi – tadbirkorga ko’makchi” tamoyili asosida o’tkazilayotgan o’rganishlar davomida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub'ektlarining oyoqqa turib olishlari uchun dastlabki 6 oyda buxgalteriyani yuritish, hisobotlarni to’ldirish, ularning muddatlari, soliq imtiyozlaridan foydalanish va boshqa yo’nalishlarda soliq idorlari ko’magi berib borilmoqda.

Xususan, soliq organiga aloqador masalalar:

- 280 ta tadbirkorlik sub'ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritishga ko’maklashish;

- 8 ta tadbirkorlik sub'ektlarida soliq imtiyozlari va ularni qo’llash tartibini tushuntirish;

- 4 ta tadbirkorlik sub'ektlarida soliq rejimini tanlashga ko’maklashish;

- 20 ta tadbirkorlik sub'ektlarida ShXVdan ko’chirma berish;

- 16 ta tadbirkorlik sub'ektlarida soliq organiga aloqador boshqa masalalarda;

- 23 ta tadbirkorlik sub'ektlarida soliq qarzi to’g’risida ma'lumot berish muammosi mavjudligini aniqlash;

- 18 ta tadbirkorlik sub'ektlarida QQSdan mavjud ortiqcha to’lov summasi qaytarish;

- 41 ta tadbirkorlik sub'ektlarida boshqa soliq turlaridan ortiqcha to’lov summasini qaytarish;

- 1 ta tadbirkorlik sub'ektlarida debitor qarzdorligini undirish.

Bundan tashqari boshqa idora va tashkilotlarga aloqador muammolari mavjud tadbirkorlik sub'ektlari soni 40  tani tashkil etib, bular:

- 13 ta tadbirkorlik sub'ektlarida 1 645 000,0 mln so’mlik imtiyozli kreditlar zarurligi;

- 25 ta tadbirkorlik sub'ektlarida yer va bino zaruriyati;

- 2 ta tadbirkorlik sub'ektlarida gaz, suv, elektr va konalizatsiya muammosi mavjudligi aniqlangan.

Bundan tashqari, “Soliqchi – tadbirkorga ko’makchi” tamoyili asosida jami 280 ta tadbirkorlik sub'ektlarining yuridik manzili bor yo’qligi o’rganilib, ko’rsatilgan manzillarida faoliyat ko’rsatayotganligi aniqlandi.

Ko’rinib turibdiki, Prezidentimiz Murojaatnomasida ta'kidlangan “Soliqchi – tadbirkorga ko’makchi” tamoyili davlat soliq idoralari faoliyatidagi asosiy yo’nalishga aylanib bormoqda. Natijada esa tadbirkorlik sub'ektlarining soliq idoralariga ishonchi ortib, ularning faoliyat yo’nalishi kengayishiga yaqindan ko’mak berib kelinayapti.

N.UMAROVA,

Qo’shtepa tumani Davlat soliq inspektsiyasi Tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash sho’basi Bosh inspektori


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram