Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SEMINARDA: USLUBIY AMALIY TAVSIYA VA TUSHUNCHALAR BERILDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/7d82c2a8fa3db75bb0c71.jpg)
2021-08-25 13:17:17 161
![](https://telegra.ph/file/7d82c2a8fa3db75bb0c71.jpg)
Qo’shtepa tumanidagi musiqa va san'at maktabida fuqarolar yig’ini raislari uchun Saylov Kodeksining mazmun mohiyati hamda saylovga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish tartib tamoyillari, shuningdek, saylovlarda ovoz berish qoidalarini tushuntirishga qaratilgan seminar bo’lib o’tdi.
Seminarda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova hamda barcha mahalla fuqarolar yig’ini raislari ishtirok etdilar.
![](https://telegra.ph/file/4b3a5c7fc6f41ceb08e97.jpg)
Kun tartibidagi masala yuzasidan Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirining mas'ul vakili R.Isomiddinov seminar qatnashchilariga slayidlar asosida qonunchiligimizda belgilangan me'yoriy xujjatlar haqida batafsil ma'lumotlar, uslubiy amaliy tavsiya va tushunchalar berdi.
Seminar so’ngida sohaga doir savol javoblar bo’lib o’tdi. Tadbir qatnashchilari seminar ishidan o’zlari uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni oldilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi