Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 192 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-08-23 21:55:36    118

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ishtirokida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan yig’ilish o’tkazildi. Tuman hokimi mas'ul rahbarlarga aholi murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har bir murojaatda ko’tarilgan muammolarni manzilli o’rganish va ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Tumanda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Tadbirkorlar uyi”da tuman hokimining navbatdagi qabuli o’tkazildi. Qabulda tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan 5 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko’tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko’rsatmalar berildi.


Tuman rahbari 4-umumta'lim maktabida “Obod qishloq” Dasturi va 30-umumta'lim maktabida “Investitsiya” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari, shuningdek, ushbu muassasalar hamda 8 va 40-umumta'lim maktablarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Muassasalardagi mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 27-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida “Investitsiya” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlarga qurilish-ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Langar” shifoxonasida bo’lgan tuman hokimi muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish, vaksina bilan emlash hamda yangi “Xushyorxona” bo’limi tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish hamda Xushyorxona bo’limi tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash va foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tadbirkor Z.Xomidov tomonidan Qumtepa mahalla fuqarolar yig’inida xizmat ko’rsatish shaxobchasi tashkil etish maqsadida olib borilayotgan qurilish ishlari ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan tadbirkorga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash va foydalanishga qabul qilish yuzasidan tegishli takliflar berildi.


Tuman hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish, uchastka saylov komissiya a'zolarini saylovga oid qonunchiliklar bilan tanishtirish hamda siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida tuman 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida uchastka saylov komissiya a'zolari uchun tashkil etilgan o’quv seminarlari bilan tanishdi. Mutasaddi rahbarlarga o’tkazilayotgan o’quv seminarlari samaradorligini oshirish hamda tinglovchilar bilim saviyasini belgingan tartibda sinovdan o’tkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Shuningdek, tuman rahbari “Shahartepa” mahalla fuqarolar yig’ini hududida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan B.Zokirova xonadonida bo’ldi. Ushbu oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram