Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 207 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UCH AVLOD UCHRASHUVI

×

 2021-08-23 21:18:16    138

PDF yuklash
Chop etish



Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida Qo’shtepa tumanida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari bo’lib o’tmoqda. Tadbirlarga uch avlod vakillari – mehnat faxriylari, fidoyi ishchilar va yoshlar taklif etilmoqda.

Ana shunday ma'rifiy tadbirlardan biri “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig’ini binosida “Qiyqi”, “Karnaychi” va “Sohibkor” mahallalari hamkorligida bo’lib o’tdi. “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri “Diydor shirin” deb nomlandi.

Unda faxriylar, o’rta yoshlilar va yosh oilalarning vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova ham qatnashib, ishtirokchilarga o’z tilaklarini bildirdi.


Tadbir davomida “Sohibkor” MFY, Fayoz ko’chasida yashovchi “Do’stlik” ordeni sohibasi A.Qazaqova va N.Muxammadiyorov, “Qiyqi” mahallasi fuqarosi J.Karimovlar o’zlarining ibratli hayot yo’llari va mehnat faoliyatlari haqida so’zlab berdilar.


Tuman madaniyat uyining xushovoz xonandalari S.Azimov va Sh.Tojiboyevlar tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram