Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 204 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2021-08-23 17:42:54    129

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yilning 19-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e'lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: – “Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Xumdon MFY Baxt ko’chasidagi 9-uydan yozmoqdamiz. “Dom”imiz 18 ta xonadondan iborat. Tumandagi barcha namunaviy uylar asfalt qilingan, lekin bizning namunaviy uyimizdagi asfaltlash to’liq qilinmagan. Derazalar ham sal shabada bulsa ochilib ketyapti. Yo’lni qachon asfalt qilib berishadi? Biz kredit to’laylikmi, uyga non sotib olaylikmi yo yo’lni ta'mirlaylikmi? Va'dani tezroq bajarishlarini so’raymiz” – deya shikoyat qilingan.

Ushbu murojaat tuman hokimligi va shu sohaga daxldor mutaxassislar tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining tegishli moddalariga asosan joyiga borib o’rganib chiqildi.

O’rganishlar jarayonida Qo’shtepa tumani “Xumdon” MFY Baxt ko’chasidagi 9-uyga kirish yo’laklari asfalt qilinmaganligi sababli hashar yo’li bilan beton yo’lak qilinganligi, fuqarolar tomonidan ushbu hududga mos ravishda boshqa joyni asfaltlashtirib berishni so’rashayotganliklari aniqlandi.

Fuqarolarga asfaltlashtirish ishlari tegishli dasturlar asosida belgilangan tartibda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi to’g’risida tushuntirishlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram