Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“AYOLLAR DAFTARI”DAGI 432 NAFAR AYOLLARGA 490 MING SO’MDAN MODDIY YORDAM KO’RSATILDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/41bc049bd0680bffc8541.jpg)
2021-08-22 13:45:29 113
![](https://telegra.ph/file/41bc049bd0680bffc8541.jpg)
Qo’shtepa tumanida “Ayollar daftari”ning ikkinchi bosqichi uchun hisobga olingan xotin-qizlarning 432 nafariga 490 ming so’mdan jami 231 million 280 ming so’m moddiy yordam pullari tarqatildi. Ushbu mablag’lar soha mutaxassislari tomonidan o’z egalariga yetkazib berildi.
Bunda asosiy e'tibor boquvchisini yo’qotgan, nogiron va davolanishga muhtoj bo’lgan, shuningdek, qaramog’ida nogiron farzandi bor ayollarga qaratildi.
Yordam ko’rsatilgan barcha xonadon sohibalari shukronalik ila o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
![](https://telegra.ph/file/987365ce072659acf2c53.jpg)
Shuningdek, davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi bayrami oldidan tumanimizda istiqomat qiluvchi yakka yolg’iz va kam ta'minlangan oilalar xolidan xabar olinib, “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi tomonidan ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlari ham tarqatildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi