Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 203 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UMUMXALQ XAYRIYa HASHARI MAHALLALARDA DAVOM ETMOQDA

×

 2021-08-21 15:14:17    138

PDF yuklash
Chop etish


Bugun, 21 avgust kuni erta tongdanoq tumanimiz bo‘ylab Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari boshlandi.

Bu yilgi istiqlol bayrami arafasida tashkil etilayotgan umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 avgustdagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi, O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy hokimliklar, keng jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda joriy yilning avgust oyi yurtimizda "Mahallalarni obodonlashtirish oyligi", deb belgilandi.

Shu bilan birga, mazkur tashkilotlarning taklifi asosida 21 avgust kunida mamlakatimizda umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari e’lon qilindi. Umumxalq xayriya hashari doirasida kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar, boquvchisi yo‘q qariyalar, aholining muayyan qatlamlari holidan xabar olishga, yolg‘iz keksalarning uy-joylarini tartibga keltirishga ham jiddiy yondashilmoqda. Chor-atrofni toza-ozoda, saranjom-sarishta holatga keltirishga katta ahamiyat berilmoqda.

Bugungi umumxalq xayriya hashari Qo‘shtepa tumanidagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inida davom etmoqda.

Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida tashkil etilgan ushbu an’anaviy umumxalq tadbiri mahallalardagi barcha hududlarning toza va sarishtaligini ta’minlash, xalqimizning keksalar va nogironlarga mehr-muruvvat ko‘rsatishdek azaliy qadriyatini yana bir bor ulug‘lashda o‘z aksini topmoqda. 

Qo‘shtepa tumani hokimligi