Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/e3bf2a7a9ec20ac6ae0d7.jpg)
2021-08-19 21:52:23 125
![](https://telegra.ph/file/e3bf2a7a9ec20ac6ae0d7.jpg)
Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e'lon qilingan edi.
Ushbu murojaatda: – “Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Xumdon MFY Baxt ko’chasidagi 9-uydan yozmoqdamiz. “Dom”imiz 18 ta xonadondan iborat. Tumandagi barcha namunaviy uylar asfalt qilingan, lekin bizning namunaviy uyimizdagi asfaltlash to’liq qilinmagan. Derazalar ham sal shabada bulsa ochilib ketyapti. Yo’lni qachon asfalt qilib berishadi? Biz kredit to’laylikmi, uyga non sotib olaylikmi yo yo’lni ta'mirlaylikmi? Va'dani tezroq bajarishlarini so’raymiz” – deya shikoyat qilingan.
Ushbu murojaat xozirda Qo’shtepa tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan o’rganilmoqda. O’rganish natijalari haqida batafsil ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz.
Qo’shtepa tumani hokimligi