Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2-SEKTOR XABARLARI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/85a3b90a089e9de6e953f.png)
2021-08-18 22:32:37 179
![](https://telegra.ph/file/85a3b90a089e9de6e953f.png)
Qo’shtepa tumani prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodov bugun 685, 687-sonli saylov uchastkalarida bo’lib, saylov uchastkasining ta'mirlanganlik holatlarini va saylovga tayyorgarligini o’rgandi. Sektor rahbarining amaliy yordami bilan 687-sonli saylov uchastkasining kirish eshigi yangi o’rnatilib, bartaraf etilgan kamchiliklar saylov “Temir daftari”ga kiritildi.
![](https://telegra.ph/file/0fdbdf88038a842f16d57.png)
Shu bilan birga, sektor rahbarining tashabbusi bilan saylov uchastkalarida tuman obodonlashtirish xodimlari tomonidan tozalash ishlari olib borildi.
![](https://telegra.ph/file/be7fe7b623a10f687222f.png)
Bundan tashqari, sektor rahbari qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha tuzilgan ishchi guruh a'zolari bilan birga “Katta Boltako’l” MFYdagi “Fayzli Fotimaxon” fermer xo’jaligidagi paxta maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
![](https://telegra.ph/file/3c834fff3981ff3821d4d.png)
Shuningdek, tuman prokurori 2-sonli IDUMI binosida saylov uchastka raisligiga va uning o’rinbosarlari hamda kotibligiga nomzodlar uchun tashkil etilgan navbatdagi o’quv-seminar dars mashg’ulotlarida qatnashdi. O’z navbatida sektor rahbari tinglovchilarga o’zining kerakli ko’rsatmalarini berib o’tdi.
![](https://telegra.ph/file/f48afb334c7c4e7a78d93.png)
M.Shomurodov “Katta Boltako’l” mahallasining Sadaf ko’chasida yashovchi “Temir daftar”ga ro’yxatga olingan Q.Xolboyevning xonadoniga tashrif buyurib, fuqaroning yashash sharoitlarini o’rgandi hamda fuqaro bilan suhbatlashdi.
![](https://telegra.ph/file/f7ed0b3bdd08487817f35.png)
Qolaversa, sektor rahbarining amaliy yordami bilan “Vatan” mahalla fuqarolar yig’ini Gulshan ko’chasining 800 metr qismiga shag’al yotqizish ishlari tashkil etildi.
2-sektor shtabi