Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 215 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-08-17 20:34:11    124

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, tuman xalq qabulxonasida o’zining navbatdagi qabulini o’tkazdi. Qabulda turli muammo va takliflar bilan kelgan 25 nafar fuqarolar bolalar puli va moddiy yordam ajratish, ish bilan ta'minlash, elektr va suv ta'minoti, bank, sog’liqni saqlash, tadbirkorlik, kadastr va shu kabi muammolar bilan qatnashdilar. Tuman hokimi tomonidan qabul jarayonida har bir murojaatga alohida e'tibor berilib, ushbu murojaatlarda ko’tarilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan mas'ullarga muddatlar belgilangan holda tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tuman rahbari 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi, 1, 14 va 35-umumta'lim maktablarida bo’lib, muassasada tashkil etilgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Muassasalarda mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 23-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lgan I.Novikov muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.


Shuningdek, “Texmashservis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida paxta yig’im terim mavsumida qatnashadigan paxta tashish transport traktorlari va tirkamalarini mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta'mirlash ishlari bilan tanishib, mas'ul rahbarlarga ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan o’zining tegishli topshiriqlarini berdi.

Tuman hokimi fermer xo’jaliklari tomonidan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram