Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 210 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DO’RMONDA OBODLIK SHUKUHI HUKUMRON

×

 2021-08-17 16:02:05    169

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlariga asosan Qo’shtepa tumanida qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Do’rmon” mahalla fuqarolar yig’inida ham dastur doirasida ulkan bunyodkorlik ishlari qizg’in tus olib ketdi...

“Do’rmon” mahallasi hududida joylashgan 10-maktab, 7-MTT va QVP binolarini mukammal ta'mirlash ishlari rejalashtirilgan bo’lib, “Muhammadumar building” MChJ tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.



Ichimlik suv qurilish-montaj ishlari esa pudratchi tashkilot “Zaman Building” MChJ tomonidan olib borilmoqda. Bugungi kunda jami 9,0 km transheya qazish ishlari amalga oshirilib, 8,0 km ichimlik suv tarmog’ining qurilish montaj ishlari tugallandi. 80 dona kolodslar o’rnatildi. Bir dona ichimlik suv minorasini rekonstruktsiya qilish ishlari bajarildi.


Bugungi kunda “Do’rmon” mahallasida 0,5 km ichki yo’llar shag’allashtirildi va rejaga ko’ra 3,7 km yo’lga asfalt yotqizildi.

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 0,9 km 0,4 kuchlanishli elektr uzatish tarmog’i tortilib, 28 dona tayanch ustunlar va 1 dona 100 kVali TP o’rnatildi.

Mahalla hududida joylashgan 35 ta xonadonlar suyultirilgan gaz ballonlari bilan taminlangan.

Mahalla ahli ham hashar yo’li bilan xonadonlari yonidan oqib o’tgan ariqlarni tozalash, ko’chaga ekilgan daraxtlarga ishlov berish,  chiqindi va axlatlarni tozalash ishlarida faol qatnashmoqdalar.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram