Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 209 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AYOLLARGA HUQUQIY MASALAHATLAR BERISH DAVOM ETMOQDA

×

 2021-08-06 17:58:55    128

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi Kattaboltako’l mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 6-umumiy o’rta ta'lim maktabida  Kattaboltako’l, Vatan, Bo’ston  mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi 35 nafar muammoli, huquqiy maslahatga muhtoj bo’lgan xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Bundan ko’zlangan maqsad ularning muammolarini o’rganish hamda haq-huquqlarini himoya qilish, shuningdek huquqiy savodxonligini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdir.

Tadbirda tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova, Adliya bo’limi boshlig’i A.Xomidov va viloyat “Mehrjon” Ayollar va Bolalar markazi tomonidan tashkil qilingan yuridik markazi huquqshunosi Sh.Abdurazzoqovalar ishtirok etishdi.


Muloqot chog’ida ishtirokchilarga davlatimiz tomonidan xotin-qizlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilib, ularni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish jamiyatda o’z o’rinlarini topishlariga ko’mak berish, zo’ravonlik va tayziqlardan himoya qilish, gender tengligi masalalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot va tushunchalar berildi.

Ishtirokchilarning ijtimoiy nafaqa, imtiyozli uy-joy olish, mulkiy nizolar, oilaviy kelishmovchiliklar masalasidagi so’rovlari eshitilib, mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar va tavsiyalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram