Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“BIZ ZO’RAVONLIKSIZ HAYOT TARAFDORIMIZ” MAVZUSIDA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI
2021-08-05 16:25:43 240
Qo’shtepa tumanidagi 1-IDUMda viloyat Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi, “Qalb nuri” ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo’llab-quvvatlash markazi hamda tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Biz zo’ravonliksiz hayot tarafdorimiz” loyihasi doirasida amaliy seminar o’tkazildi.
Seminarda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, shuningdek tumanimizdagi huquq-tartibot idoralari xodimlari, Tibbiyot birlashmasi, Aholi bandligiga ko’maklashish markazi mutaxassislari hamda tuman bosh imomi, bosh otinoyisi, mahalla fuqarolar yig’inlarining raislari va ularning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy ma'naviy masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, umumta'lim maktablarining psixologlari, masalaga daxldor soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Seminar davomida tumanda ayollar va ularning ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, gender tengligi, zo’ravonlikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va mavjud muammolar to’g’risida o’zaro fikr almashdilar.
“Qalb nuri” markazi rahbari D.To’xtasinova soha mutaxassislari uchun kun tartibidagi masala yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar, idoralararo hamkorlikda e'tibor qaratilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalar to’g’risida slaydlar va didaktik materiallar asosida tushunchalar berdi.
Tadbir ishtirokchilari amaliy seminar davomida o’zlari uchun zarur bo’lgan uslubiy, amaliy yordam va ko’nikmalarni oldilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi