Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 203 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KENG QAMROVDAGI KUNLIK QABULLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2021-08-04 21:06:58    138

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yilning 23 iyul kuni Prezident raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo’yicha videoselektor yig’ilishi o’tkazildi. Davlatimiz rahbari odamlarni murojaat qilishga majbur etayotgan muammolarni mahallaning o’zida bartaraf qilish kerakligini ta'kidladi.

Hokimlar bir haftada ikki kunni fuqarolarni qabul qilishga ajratishi, shuningdek, hokimliklarda kunlik qabul yo’lga qo’yilishi belgilangan edi. Shu munosabat bilan Qo’shtepa tumani fuqarolari uchun murojaatlarni kunlik qabul qilish tizimi joriy etildi. 


Bugun ham tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlarining qabullari bo’lib o’tdi. Kunlik qabullar tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 20-umumta'lim maktabida Shodlik, Langar, Qorakaltak mahalla fuqarolar yig’inlari, Yangi ariq mahalla fuqarolar yig’ini binosida Yangi ariq va Qo’rg’oncha mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari uchun tashkil etildi.

Qabul davomida mas'ul rahbarlar ishtirokida tumanda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi. Tuman hokimi I.Novikov tomonidan aholi murojaatlarini ijobiy hal etish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram