Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-07-29 20:54:21    171

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 13-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 25-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lgan tuman rahbari muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalarni berdi.


Yo’ldoshobod mahalla fuqarolar yig’ini binosida Yo’ldoshobod va Oqtepa mahalla fuqarolar yig’inlarida hamda O’qchi mahalla fuqarolar yig’ini binosida O’qchi va O’rta O’qchi mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari va mas'ul rahbarlar ishtirokida tumanda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan aholi murojaatlarini ijobiy hal etish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari 1-sektor hududida tashkil etilgan saylov uchastkalarida faoliyat olib borayotgan uchastka saylov komissiyalari faoliyati bilan tanishib, ular bilan saylovga oid qonunchiliklar yuzasidan suhbat o’tkazdi.

Viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari A.Tursunov rahbarligida tumanda 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Joylarda mas'ul korxona, tashkilot va fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida yig’ilishlar o’tkazildi. Viloyati hokimining o’rinbosari A.Tursunov hamda tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish va 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram