Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPA TUMANIDA “YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI” ANIQLANDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/4e9ae717a371af22c3e94.jpg)
2021-06-29 17:10:35 200
![](https://telegra.ph/file/4e9ae717a371af22c3e94.jpg)
Qo’shtepa tumanida Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlari o’rtasida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” ko’rik-tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Ko’rik-tanlovda tashkilotlardagi bilimli, malakali, ijodkor pedogoglar ishtirok etdilar.
![](https://telegra.ph/file/c111cf91757f06a0122d4.jpg)
![](https://telegra.ph/file/db222060fb2500cda4057.jpg)
5 ta nominatsiya bo’yicha bo’lib o’tgan ko’rik-tanlovda “Eng yaxshi metodist tarbiyachi” nominatsiyasiga 26-DMTT uslubchisi M.Tojimatova, “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi” nominatsiyasiga 6 -DMTT tarbiyachisi F.Yuldasheva, “Eng yaxshi g’oya muallifi” nominatsiyasiga 46-DMTT tarbiyachisi G.Keldibekova, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo’llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasiga 21-DMTT tarbiyachisi N.Parpiyeva, “Mohir qo’l ustasi” nominatsiyasiga 18-DMTT tarbiyachisi N.Turdiyevalar sazovor bo’ldilar.
![](https://telegra.ph/file/90e77bd2ab9df1ce4c0a2.jpg)
![](https://telegra.ph/file/f541c4d74494ebfa475d0.jpg)
G’oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanib, viloyat bosqichiga yo’llanma oldilar.
![](https://telegra.ph/file/b571a721fa22453c1a0fb.jpg)
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.