Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 171 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-06-28 23:38:56    121

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 34-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari Tibbiyot birlashmasiga qarashli “Solijonobod” shifokor xizmat uyida bo’lib, muassasada aholiga yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmat ko’rsatish sifati bilan tanishib, mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berdi.

Tuman hokimi rahbarligida Qamishtepa mahalla fuqarolar yig’inida “Temir daftari”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda hududdagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsadida g’alladan bo’shagan maydonlardan takroriy ekin uchun yer maydonlari ajratib berildi.

Tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’alla hosilini nes-nobud qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida tuman hokimi g’alla o’rilayotgan yer maydonlarida bo’ldi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in xavsizligi va g’allani talon-taroj etilishining oldini olish hamda davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram