Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AYOLLAR ISLOM NIGOHIDA

×

 2021-06-28 14:59:11    214

PDF yuklash
Chop etish



Bismillahir rohmanir rohiym

Alloh taolo barcha mavjudotlar qatori insonni ham juft, ya'ni erkak va ayol qilib yaratgan. Kishilik jamiyatining bir qismini ayollar tashkil etar ekan, hayotda turmush yumushlarining yarmi ular zimmasidadir. Ayol – avvalo onamiz, opa-singlimiz, qizimizdir. Agar ayol hayotda ham jismonan, ham ma'nan sog’lom bo’lsa, demak, jamiyat sog’lom bo’ladi. Chunki kelajakning mevasi bo’lmish farzandlar onalar sababli dunyoga keladi. Ularga boshlang’ich ta'lim-tarbiya va odob-axloqni keksa onaxon-momoxonlarimiz o’rgatadilar. Shunday ekan, kelajak avlodning solih bo’lishligi bugungi kun ayollarining soliha bo’lishlariga har jihatdan bog’liqdir.

Bizning mamlakatimizda ham ayollarning o’zlariga yarasha, jismoniy salohiyatlariga mos ravishda mehnat va kasb-hunarlar bilan shug’ullanishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini ta'minlash borasida izchillik bilan amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning huquqiy asosi Bosh qomusimizda o’zining yorqin ifodasini topgandir. Insonning va shu jumladan, xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta'minlaydigan milliy qonunchiligimiz me'yorlari esa Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qoidalariga hamohang ekani bilan ahamiyatlidir.

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: “Ayollar erkaklarning ajralmas bir qismidirlar” – degan hadislariga binoan ayol kishi jamiyatning ajralmas bir bo’lagi ekan, u ijtimoiy hayotda o’z mavqeiga ega bo’lib, ilm olishga, kasb-hunar qilishga haqlidir. Shunga binoan bugungi kunning ayoli ham unga berilgan haq-huquqlardan oqilona foydalanish bilan bir qatorda, ayollik iffatini saqlab, o’z sha'niga dog’ tushirmaslikka harakat qilmog’i lozim. Afsuski, ba'zi bir ayollar o’tkinchi xoyu-havasga berilib, onalik sha'niga dog’ tushirib, o’z jigar go’shalarini ko’cha ko’ylarga, mehribonlik uylariga tashlab ketmoqdalar. Yana ba'zilari esa, “oxirat ilmini o’rgatamiz” degan ba'zi nopok kimsalarning qo’liga tushib, mutaassiblikka berilib ketmoqdalar. Bunday ayollar Alloh va Payg’ambarimiz ulug’lagan sifatlarga dog’ tushurmoqdalar, gunohga botmoqdalar, jamiyat kelajagini tahlika ostiga qo’ymoqdalar.

Ayollar erkaklarga qaraganda tabiatan zaifa bo’lganlari uchun ham Alloh taolo payg’ambarlik maqomini, nafaqai ahli ayol mas'uliyatini, jamoatga imomlik qilish, azon aytish, namozni jamoat bilan ado etish, juma namoziga borish, taloq berish kabi huquqlarni zaifa ayollar zimmasiga yuklamagan. Hatto, farz namozlarini ham uylarining ichkarisida o’qishlari afzal ekanligi haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ayollar namozgohining eng yaxshisi uylarining ichkarisidir” – deb marhamat qilganlar.

Islom dini ayollarga nisbatan hurmat e'tibori qanchalik yuqori ekanligini Qur'oni Karim va Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan ma'lum. Ammo Islom dini kelmasdan avval ayollar haqida noto’g’ri fikr, ya'ni ayollar erkaklarga xizmat qilish uchun yaratilgan, degan fikr bor edi. Xususan, arablarda ayollarga munosabat juda ham yomon bo’lgan. Agar oilada qiz farzand tug’ilsa, uning tug’ilishini isnod deb bilib tiriklayin ko’mish hollari bo’lagan. Alloh taolo marhamat qiladiki:

“Qaysi birlariga qiz (ko’rgani haqida) xushxabar berilsa, g’azabi kelib, yuzlari qorayib ketadi. U (qiz)ni kamsitgan holda olib qolish yoki (tiriklay) tuproqqa qorish (to’g’risida o’y surib), o’ziga xushxabar berilgan narsaning “yomon”ligidan (oriyat qilib) odamlardan yashirinib oladi. Ogoh bo’lingizki, ularning bu hukmlari juda yomondir” (Nahl surasi, 58-59-oyat).

Bunday vahshiylikka asosiy sabab dinsiz va imonsiz kishilarning jaholat va kibr-havolari sabab bo’lgan. Islom dini kelgach esa bunday odatlar barham topdi. Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qiladi:

“Osmonlar va YErning hukmronligi Allohga (xos)dir. (U) xohlagan narsani yaratur. Xohlagan kishisiga qizlarni hadya etur va xohlagan kishisiga o’g’illarni hadya etur” (Sho’ro surasi, 49-oyat).

Alloh taolo ushbu oyatda birinchi bo’lib qiz farzandlarni zikr qildi. Bu narsa juda muhim, chunki Qur'oni Karimda nima oldin zikr qilinsa, unda bir hikmat bo’ladi. Demak, dinimiz qiz farzand tug’ilgandan boshlab boshqacha e'tibor berishni talab etadi. Hatto uch qizni chiroyli tarbiyalab, voyaga yetkazgan kishiga jannat va'da qilingan. Ayollarning o’z erlari zimmasida ham juda ko’p haqqi bor. Erlari ularga nisbatan yaxshi fe'l-atvorli, mehr-shafqatli bo’lishlari va ba'zi xato kamchiliklariga sabrli bo’lishlari tavsiya etiladi.

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o’z ummatlariga ayollarga yaxshi munosabatda bo’lishga buyurib shunday marhamat qiladilar:

“Mo’minlarning imon jihatidan komilrog’i xulqi yaxshi bo’lganlaridir. Sizlarning yaxshilaringiz o’z ahlu ayollari bilan yaxshi bo’lganlaringizdir” (Termiziy rivoyati).

Jamiyatimizning farovonligi har jihatdan ayollarga ham bog’liq ekan, Alloh taolo ularni O’z hifzu himoyasida saqlab, xayrli va barakotli hayotni nasib qilsin. Omin!

M.O’RMONOVA,

Qo’shtepa tumani bosh otinoyisi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram