Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI
2021-06-26 17:41:59 170
Qo’shtepa tuman hokimligi mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi “Og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo’lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to’liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 285-sonli qarori asosida uy-joy olish istagida bo’lgan hotin-qizlar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbir davomida tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha masalahatchisi M.Mo’ydinova tomonidan ushbu qaror asosida tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlar, og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo’lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to’liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga ko’rsatilayotgan yordamlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, arzon uy-joylar berish, olish tartibi hamda davlatimiz tomonidan belgilangan imtiyozlar haqida ham tushuncha va huquqiy maslahat berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.