Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT
2021-06-24 10:31:07 154
Joriy yilning 23 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e'lon qilingan edi.
Ushbu murojaatda: – “Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Xumdon MFY Baxt ko’chasi 9-uy 3-xonadondan yozmoqdamiz. Bu xonadonda istiqomat qilmaymiz. Elektr energiyaga ulanganimda 100 ming so’m pul to’latishdi. Yaqinda bir xodim qo’ng’iroq qilib yangi hisoblagich o’rnatdim dedi. Endi esa hech kim yashamaydigan uyga qarz yozib ketishibdi. Asossizni qarzni bartaraf qilishlarini so’rayman” – deya shikoyat qilingan.
Xumdon MFY Baxt ko’chasi 9-uy 3-xonadondan yo’llangan ushbu murojaat yuzasidan Qo’shtepa tumani elektr ta'minoti korxonasi quyidagilarni ma'lum qiladi:
“Baxt ko’chasi 9-uy 3-xonadon (abonent raqami 13-03-468) egasi A'zamjon Raxmatjonovga tegishli xonadondagi elektr hisoblagich O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 594 sonli qaroriga asosan elektr energiyasi iste'molini nazorat qilishni avtomatlashtirilgan tizimi (EEXNAT) joriy etilishi munosabati bilan tizimga mos keluvchi elektr hisoblagichga almashtirilgan. Almashtirish jarayonida korxona xodimi tomonidan xonadondan yechib olinayotgan elektr hisoblagich ko’rsatkichi anglashilmovchilik bilan 5289 deb yozilgan. Aslida esa hisoblagich ko’rsatkichi 1920 bo’lgan. Natijada murojaatchining abonent raqamida 3369 kVtga -993855 so’m qarzdorlik kelib chiqqan.
Xozirda elektr hisoblagichdagi ko’rsatkich bo’yicha tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, xolatga aniqlik kiritish olib borilmoqda. O’rganish natijasi bo’yicha esa qo’shimcha ma'lumot beriladi.”
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.