Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN PROKURORINING SAYYOR QABULI O’TKAZILDI
2021-06-23 18:28:35 175
Bugun Eshonguzar mahalla fuqarolar yig’inida Qo’shtepa tumani prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodovning navbatdagi sayyor qabuli bo’lib o’tdi.
Qabulda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova va aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Tuman prokurorining sayyor qabulida 8 nafar fuqarolar turli masalalarda murojaat qilishdi. Murojaatchilarning talablari prokuror tomonidan har tomonlama o’rganildi. Darhaqiqat, adolatli yondashuv, fikrlar xilma xilligi, fuqarolarning to’planib qolgan turli mavzudagi masalalarini o’z vaqtida bartaraf etish qabulning asosiy maqsadi bo’ldi.
Fuqarolarning o’z hayotidan rozi bo’lib, ertangi kunga qat'iy ishonch bilan munosib hayot kechirishini ta'minlash bo’yicha oldimizga qo’ygan vazifalarni izchil amalga oshirish zarurligidan kelib chiqib, sayyor qabulda kelib tushgan murojaatlar to’laqonli o’rganib chiqildi. Hamda tuman prokurori tomonidan tegishli mansabdor shaxslarga zarur topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.