Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
# ONLINE
2021-06-23 18:00:40 187
OILA MUQADDAS DARGOH
Qo’shtepa tumani hokimligi mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limining tashabbusi bilan 15-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida Fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudi, Jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudi, tuman Adliya bo’limi, Majburiy ijro bo’limi, FXDYo hamda IIB bilan hamkorlikda “Oila muqaddas dargoh” mavzusida amaliy seminar bo’lib o’tmoqda.
Unda Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi a'zolari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo’yicha o’rinbosarlari, ro’yxatdagi otinoyilar, mahalla fuqarolar yig’ini qoshida tashkil etilgan “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi” a'zolari hamda mahallalardagi ajrim yoqasiga kelib qolgan oila vakillari ishtirok etishmoqda.
Amaliy seminar yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalar mustahkamligi va barqarorligini ta'minlash, oilaviy ajrimlar, noqonuniy nikohlarni oldini olishda soha mutaxassislarining huquqiy savodxonligini oshirish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, er-xotin, qaynona-kelin, qaynona-kuyov va oilaning boshqa a'zolari o’rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish, shoshma-shosharlik qilib nikohni qonuniy rasmiylashtirmasdan, noqonuniy nikoh bilan kifoyalanib turmush qurish holatlarini oldini olish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda so’z olgan tuman hokimining maslahatchisi M.Mo’ydinova, Fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlaro sudi raisi S. Akbarov, tuman Adliya bo’limi boshlig’i A.Xomidov, tuman Majburiy ijro bo’limi Aliment masalalari bo’yicha davlat ijrochisi S.Vosixonov, tuman FXDYo bo’limi mudirasi O.Karimovalar har qaysi davrda, har qaysi mamlakat taraqqqiyoti yo’lida jamiyatning muhim va hal qiluvchi kuchi – oilani moddiy va ma'naviy jihatdan qo’llab-quvvatlash muhim vazifalardan biri bo’lib kelganligi, shu ma'noda, mamlakatimizda mustaqil demokratik taraqqiyot yillarida davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi va rahnamoligida Asosiy Qonunimizda mustahkamlangan oilaning jamiyatimizning muhim bo’g’ini sifatida tutgan o’rni hamda rolini oshirishga qaratilgan keng qamrovli dasturiy ahamiyatga ega islohotlar amalga oshirilayotganligini ta'kidlab o’tdilar.
Bundan tashqari, sog’lom oilani shakllantirish, tug’ma kasalliklarga chalingan va irsiyat bilan bog’liq bolalar tug’ilishining oldini olish, shar'iy nikoh, qarindosh urug’lar o’rtasida va erta nikohlarni oldini olish yuzasidan ta'lim muassasalari o’quvchilari hamda nikohlanuvchi yoshlar o’rtasida tuman FHDYo bo’limlarida tashkil etilgan “Oila maktablari”da tushuntirish ishlari olib borilayotganligi qayd etildi.
Ayni damda amaliy seminar ishtirokchilarining talab va takliflari hamda savol-javoblariga mutaxassislar tomonidan javob berilmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.