Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-06-17 21:55:01 204
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Dehqon bozori” MChJda bo’lib, bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman rahbari qizil hududdagi Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Do’rmon mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi bo’sh turgan bino-inshootlar o’rnida hususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan qurilish ishlari ham tuman hokimi tomonidan o’rganildi. Muassasada olib borilayotgan qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
I.Novikov Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 10-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kreditlarni qaytarishda bo’layotgan muammolar sababli muddati o’tgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida sektor rahbari tomonidan Oqtepa mahalla fuqarolar yig’ini hududida kredit to’lovlaridan qarzdorligi bo’lgan fuqarolar bilan suhbat o’tkazildi. Mutasaddi rahbarlar hamda fuqarolarga kelib chiqqan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi hamda maktab bitiruvchilariga g’alladan bo’shagan maydonlardan takroriy ekin ekish uchun yer maydoni ajratish yuzasidan mutasaddi tashkilot va fermer xo’jaliklari rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ishtirokida joylarda yig’ilish o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga fuqarolarga ajratib berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta'minlash yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Tuman Bolalar va o’smirlar sport maktabida, futbol bo’yicha Farg’ona viloyati 2 ligasi 2021 yil mavsumining 6 turida Qo’shtepa tumanining “Yoshlik” va Marg’ilon shahrining “Marg’ilon” jamolari ishtirok etishdi. Mazkur uchrashuvda tuman hokimi I.Novikov qatnashib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. O’tkazilgan o’yinda tuman jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.
2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’alla hosilini nes-nobud qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida tuman rahbari g’alla o’rilayotgan yer maydonlarida bo’ldi. Mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in xavfsizligi va g’allani talon-taroj etilishini oldini olish hamda davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Tumanda 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o’tkazishda ishtirok etayotgan mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.