Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI

×

 2021-06-11 22:35:19    162

PDF yuklash
Chop etish



Bugun tuman hokimligining majlislar zalida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda “Xavsiz mahalla” tamoili asosida ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tuman hokimi I.Novikov va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tuman hokimligi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi bilan hamkorlikda Madaniyat va yoshlar markazida, Yoshlar va ayollar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, ishbilarmonlik ko’nikmalarini shakllantirish, aholi salomatligini mustaxkamlash, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarimizning bandligini ta'minlash maqsadida bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi hamda malakali tibbiyot xodimlari ishtirokida aholi salomatligini ta'minlash maqsadida sayyor tibbiy xizmat ko’rsatish tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi I.Novikov ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbir davomida 200 nafardan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan oila vakillari hamda tuman aholisiga tibbiy xizmat ko’rsatildi.


Tuman hokimi rahbarligida O’zLiDeP viloyat Kengashi xodimlari bilan hamkorlikda Soy bo’yi mahalla fuqarolar yig’ini Sahovat ko’chasida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi N.Toshaliyevga nogironlik aravachasi yetkazib berildi.


Tuman rahbari tomonidan 13-umumta'lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, Oqtepa mahalla fuqarolar yig’inida sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi. Qabul davomida 10 nafar fuqarolar 12 ta masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko’tarilgan muammo va takliflarni o’rganib chiqib, ijobiy hal etish hamda natijalari yuzasidan tegishli tartibda javob xatlari yuborilishi yuzasidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kreditlarni qaytarishda bo’layotgan muammolar sababli muddati o’tgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida, tuman rahbari tomonidan Yo’ldoshobod mahalla fuqarolar yig’ini hududida kredit to’lovlaridan qarzdorligi bo’lgan fuqarolar bilan suhbat o’tkazildi. Tuman hokimi mutasaddi rahbarlar hamda fuqarolarga kelib chiqqan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.

2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’alla hosilini nes-nobut qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida tuman rahbari g’alla o’rilayotgan yer maydonlarida bo’ldi. Mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in xavsizligi va g’allani talon-taroj etilishini oldini olish hamda davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram