Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR XABARLARI
2021-06-09 22:23:32 158
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish, uchastka saylov komissiya a'zolarini saylovga oid qonunchiliklar bilan tanishtirish hamda siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida saylov komissiya a'zolari uchun tashkil etilgan o’quv seminar jarayoni bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlarga o’tkazilayotgan o’quv seminarlar samaradorligini oshirish hamda tinglovchilar bilim saviyasini belgilangan tartibda sinovdan o’tkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tuman rahbari ushbu muassasadagi yakuniy imtixon topshirish jarayonlari va bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalariga tayyorlash uchun tashkil etilgan fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Bu yilgi bitiruvchilarni oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kreditlarni qaytarishda bo’layotgan muammolar sababli muddati o’tgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida sektor rahbari tomonidan Yangi do’kon mahalla fuqarolar yig’ini hududida kredit to’lovlaridan qarzdorligi bo’lgan fuqarolar bilan suhbat o’tkazildi. Mutasaddi rahbarlar hamda fuqarolarga kelib chiqqan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Tumanda hunarmandchilikni rivojlantirish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Tuman hokimi Yangi do’kon mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, ushbu hududdagi hunarmandlar faoliyati bilan tanishib, yaqindan suhbatlashdi. Usta hunarmandlarga yaratilayotgan qulayliklar va imtiyozlardan unumli foydalanib faoliyatlarini kengaytirishlari hamda yangi ish o’rinlari tashkil etishlari yuzasidan tegishli takliflar berildi.
Qizil hududagi Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inida bo’lgan tuman rahbari, ishchi guruh tomonidan hududda o’tkazilayotgan o’rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’alla hosilini nes-nobut qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida tuman rahbari g’alla o’rilayotgan yer maydonlarida bo’ldi. Mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in xavsizligi va g’allani talon-taroj etilishini oldini olish hamda davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.