Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI O’TKAZILDI
2021-06-08 23:24:17 183
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikovning navbatdagi fuqarolar qabuli o’tkazildi.
Unda hokim o’rinbosarlari hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabulda jami 50 nafardan ziyod fuqarolar o’z muammolari bilan qatnashdi. Fuqarolar tomonidan moddiy yordam ajratish, ish bilan ta'minlash, bank, sog’liqni saqlash, tadbirkorlik, kadastr bilan bog’liq va shu kabi boshqa masalalar bo’yicha muammolar aytildi.
Tuman hokimi tomonidan muammolar birma bir tinglandi va yechimiga e'tibor qaratildi. Aksariyat murojaatlar shu yerning o’zidayoq tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo’naltirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.