Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
LOYSONLIKLARGA TUHFA
2021-06-04 19:28:32 161
Qo’shtepa tumanidagi “Loyson” mahalla fuqarolar yig’inida oilaviy shifokorlik punkti 790 million so’m mablag’ evaziga ta'mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.
Muassasaning ochilish marosimida tuman hokimi I.Novikov, tuman hokimi o’rinbosarlari, sektor rahbarlari, viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i H.Mamajonov, tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari hamda mahalladagi nuroniy keksalar ishtirok etdilar.
Tuman hokimi o’z so’zida yurtimizda inson va uning salomatligi eng muhim omil ekanligi, olis qishloqlar ahlining salomatligini saqlash maqsadida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari buning isboti ekanligini alohida ta'kidladi.
Tadbir davomida mahalladagi nuroniy keksalar ham tumanimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlaridan mamnun bo’lib, duoga qo’l ochdilar.
Ushbu oilaviy shifokorlik punktining foydalanishga topshirilishi va bu yerda yaratilgan barcha qulayliklar mahalla ahli uchun ajoyib tuhfa bo’ldi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.