Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-05-30 06:36:07    145

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov kunlik ish rejasiga ko’ra Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 5-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasa bitiruvchilarining yakuniy imtixon topshirish jarayonlari va ularni oliy ta'lim muassasalariga tayyorlash uchun tashkil etilgan fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Bu yilgi bitiruvchilarni oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari tibbiyot birlashmasiga qarashli Tez tibbiy yordam bo’limida bo’lib, muassasada aholiga yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini o’rgandi. Muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanda mahallabay ishlash tizimi asosida aholi muammolarini aniqlash hamda tizimli hal etish yuzasidan 1-sektor shtabi boshqaruv ofisi a'zolari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. Tuman hokimi ishchi guruh a'zolari tomonidan aniqlangan muammolarni manzilli hal etish hamda aholini tadbirkorlikka yo’naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, tuman hokimi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash hamda ularni banligini ta'minlash, tadbirkorllikka yo’naltirish va kasb-hunar o’rgatish orqali daftardan chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.


Fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta va g’alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, joylarda mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar ham o’rganilib, paxta maydonlarida mehnat qilayotgan ishchi va mexanizatorlarga issiq ovqat hamda madaniy dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram