Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-05-28 23:15:13    182

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida bo’lib, muassasa bitiruvchilari yakuniy imtixon topshirish jarayonlari va bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalariga tayyorlash uchun tashkil etilgan fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Bu yilgi bitiruvchilarni oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman hokimi Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 18-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti bo’lib, muassasa tarbiyalanuvchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.

Shuningdek, bugun Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 13-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida o’tkazilgan “Yosh ijodkor” ko’rik tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi. Tadbirda tuman hokimi ishtirok etib, tanlov g’oliblariga tuman hokimligining esdalik sovg’alarini topshirdi.


Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inida “Ayollar daftari”ga kiritilgan M.Xolxo’jayeva tomonidan hududdagi bo’sh turgan binoda tikuvchilik tsexi tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tadbirkorning ish faoliyati bilan tanishib, ishchi xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda kelgusida faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan o’z takliflarini berdi.


Tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilayotgan g’alla hosilini yig’ib-terib olish mavsumini uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan o’rim kombayinlarini mavsumga puxta tayyorlash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram