Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ODAM SAVDOSI JINOYATI UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK CHORALARI BELGILANGAN?

×

 2021-05-28 15:35:16    1131

PDF yuklash
Chop etish



Inson insonni sotishi naqadar ayanchli va jirkanch holat ekanligini hammamiz bilamiz. Ammo, ming afsuski oramizda shunday qabix ishlarni qiladigan nobakor insonlar ham mavjud.

Odam savdosi nima?

Odam savdosi — kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, o’g’irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste'mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun to’lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og’dirib olish yo’li bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning o’zga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka o’xshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson a'zolarini, to’qimalarini va (yoki) hujayralarini ajratib olishni anglatadi.

(2020 yil 17 avgustdagi “Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’RQ-633-son O’zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi)

Odam savdosi jinoyati uchun qanday javobgarlik choralari belgilangan?

Odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish —

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) o’g’irlash, zo’rlik ishlatish yoki zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo’llash orqali;

b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;

v) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo’lgan shaxsga nisbatan;

g) aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram bo’lgan shaxsga nisbatan;

d) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

ye) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

j) xizmat mavqeidan foydalangan holda;

z) jabrlanuvchini O’zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib o’tgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda;

i) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo’ygan, yashirgan yoxud yo’q qilib yuborgan holda;

k) kishi a'zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko’chirish (transplantat) maqsadida sodir etilgan bo’lsa, —

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) o’n sakkiz yoshga to’lmaganligi aybdorga ayon bo’lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo’lsa;

b) jabrlanuvchining o’limiga yoki boshqa og’ir oqibatlarga sabab bo’lsa;

v) o’ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo’lsa;

g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, —

sakkiz yildan o’n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi)

Avazjon ERGAShEV,

jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tumani sudining raisi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram