Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLARIMIZ YANGI O’ZBEKISTON RAVNAQIGA YANGICHA ZAFARLAR OLIB KELADI
2021-05-25 23:30:19 156
2021 yil 24 may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-2021 o’quv yili bitiruvchilarga tabrik yo’lladi. Tabrikda Sh.Mirziyoyev butun O’zbekiston yoshlari, qolaversa, maktab bitiruvchilarini "So’ngi qo’ng’iroq" bayrami bilan chin ko’ngildan tabriklab, mustaqil hayot ostonasidagi ilk qadamlar va oldinda turgan davlat imthonlarini a'lo baholar bilan bitirib, tanlagan oliy ta'lim muassasalariga o’qishga kirib, kelajakda O’zbekistonning ravnaqiga xissa qo’shuvchi insonlar bo’lib yetishlariga katta ishonch bildirdi.
Shu bilan birgalikda maktablarda olib borilayotgan o’zgarishlar, islohotlarning barchasi o’quvchi yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs sifatida kamol topishiga qaratilganligini ta'kidlab o’tdi.
Bizning 7-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida hozirgi kunda 683 nafar o’quvchi ta'lim olib kelmoqda, shundan 62 nafari 11-sinf bitiruvchi hisoblanadi. Ular maktabimizning saloxiyatli pedagogika jamoasi tomonidan berilgan bilim va ko’nikmalarni sabot bilan o’zlashtirib, mustaqil hayotga ilk qadamlarini qo’ymoqdalar.
Bitiruvchilar Yurtboshimizning Tabrigini hursandchilik bilan qabul qilib, undan o’zlariga yetarli motivatsiya oldilar va Yurtboshimizni yoshlarga yaratib berayotgan imkoniyatlaridan samarali foydalanib, kelajakda yangi O’zbekiston ravnaqiga yangicha zafarlar olib kelishga va'da berdilar!
D. Olimova,
maktab direktori.