Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
G’ISHTMON MAHALLASIDA SEKTOR RAHBARLARINING OMMAVIY SAYYOR QABULI O’TKAZILDI
2021-05-25 21:58:04 212
G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan madaniyat markazida tuman sektor rahbarlari, ya'ni 1-sektor rahbari, tuman hokimi I.Novikov,O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo’shtepa tumani Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev, 2-sektor rahbari, tuman prokurori M.Shomurodov, 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar bo’limi boshlig’i S.Abdullayev, 4-sektor rahbari, tuman Soliq inspektsiyasi boshlig’i Z.Mirzayevlar tomonidan ommaviy sayyor qabul o’tkazildi.
Ushbu qabul karantin qoidalariga qat'iy rioya etgan holda, ochiq havoda bo’lib o’tdi. Qabul avvalida tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi hamda Aktsiyadorlik Tijorat Xalk banki Qo’shtepa filiali hamkorligida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida mehnat yarmarkasi ham o’tkazildi. Tadbir davomida tumanimizdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko’rgazmasi tashkil etildi.
Qabul hududlarda aholini qiynab kelayotgan va ko’plab e'tirozlarga sabab bo’layotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko’rish, fuqarolarning davlat idoralariga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Qabul jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo’shtepa tumani Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev, tuman hokimining o’rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabulda 54 nafar fuqarolar 63 ta masalalar bilan sektor rahbarlariga murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko’tarilgan muammo va takliflarnining 5 tasi joyida hal etilib, murojaatchilarning 3 nafariga nogironlik aravasi, 1 nafariga eshitish moslamasi, 1 nafariga shifoxonada davolanish uchun order berildi.
6 nafar murojaatchiga asosli tushuntirishlar berildi. 52 ta murojaatni o’rganib chiqib, natijalarini ma'lum qilish uchun mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.