Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMANIMIZ “KUMUSH TOLA” IJODKORLARI PILLA TERISH VA DAVLATGA TOPSHIRISHNI BOSHLADILAR
2021-05-23 12:02:51 177
Tumanimizda pillachilik tobora rivojlanib bormoqda. YEtishtirilgan ipak tabiiy toza mahsulot sifatida eksportbop mahsulot hisoblanganligi bois, sohaga alohida e'tibor qaratilyapti. Shu kunlarda “Kumush tola” ijodkorlari yilning ilk hosilini yig’ishtirishga kirishdilar.
“Istiqbol” mahallasida istiqomat qiluvchi S.Xoshimova tumanimizda birinchilardan bo’lib “kumush tola” mavsumini boshlab berdi.
Qo’shtepa tumanidagi Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi a'zolari D.Yusupova, D.Olimova hamda tuman hokimligi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi bosh mutaxassisi O.Otaxonovalar pilla terib yig’ishtirilayotgan S.Xoshimovaning xonadonida bo’lishib, unga tuman xokimligining esdalik sovg’alarini topshirdilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.