Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPA TUMANIDA QO’SHMA KORXONA TASHKIL ETILDI
2021-05-21 22:15:51 190
Joriy yil 21 may kuni Qo’shtepa tuman hokimligi tashabbusi bilan Davlat hizmatlari markazi binosida Qirg’iz Respublikasidan kelgan investorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida Qo’shtepa tumanidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hamda O’zbekiston Respublikasida hududlarda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, xususan, investitsion loyihalar asosida to’g’ridan to’g’ri investitsiyalarni jalb etish hamda investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida suhbatlashildi.
Uchrashuvdan so’ng Qo’shtepa tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan “VALLEY VERITAS” ma'suliyati cheklangan jamiyati O’zbekiston-Qirg’izston qo’shma korxonasi davlat ro’yxatidan o’tkazildi. Qo’shma korxonaning ustav fondi 1,0 mlrd. so’mni tashkil etib, asosiy faoliyati qishlok xo’jaligi mahsulotlarini eksport kilishga ixtisoslashgan.
Qo’shtepa tuman Davlat xizmatlari markazi axboroti