Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-05-21 22:11:11    170

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashi va shahar-tuman Kengashlarining qo’shma sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya videokonferentsaloqa tarzida o’tkazildi.


Yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o’qitish orqali bandligini ta'minlash, shuningdek, yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar hamda yoshlar bandligini ta'minlash va bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha Farg’ona viloyati chegaraoldi tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlarning holati masalalari o’rin olgan sessiyada Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ham ishtirok etdi.

Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 14-umumta'lim maktabida bo’ldi. Bu yilgi o’qish jarayonlari yakunlangach 11-sinf bitiruvchilari uchun qo’shimcha fan to’garaklarini tashkil etish hamda oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman hokimi Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 28-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, muassasa tarbiyalanuvchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish hamda “Obod qishloq” dasturi doirasida 90 o’rinli qo’shimcha bino qurish yuzasidan takliflar ishlab chiqish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.



Tuman hokimi hamda tuman prokurori O’qchi mahalla fuqarolar yig’ini Yangi Farg’ona ko’chasida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari” kiritilgan F.Mamadaliyevaning xonadonida bo’ldilar. Oilaning yashash sharoiti o’rganilib, xomiylar tomonidan olib borilayotgan mukammal ta'mirlash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

Farg’ona viloyati hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari A.Tursunov rahbarligida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’alla hosilini nes-nobut qilmay yig’ishtirib olish hamda mavsumda qatnashadigan o’rim kombayinlari va don tashish texnikalarini tayyorgarligi yuzasidan seminar o’tkazildi. Seminar yakunida Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari A.Tursunov hamda tuman hokimi tomonidan mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram