Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ONALARGA EHTIROM KO’RSATILMOQDA

×

 2021-05-20 15:06:54    208

PDF yuklash
Chop etish



Dunyodagi eng muqaddas zot hisoblangan ONAlarga ehtirom va hurmat ko’rsatish, e'zozlash maqsadida o’tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” festivali doirasidagi tadbir bugun tumanimizdagi “Muborak” jome masjidida bo’lib o’tdi. 


Masjidga tashrif buyurgan barcha otinoyilarga alohida hurmat va ehtirom ko’rsatildi. Ularga bayramona kayfiyat ulashilib guldastalar bilan kutib olindi. 


Tadbirni tuman bosh otinoyisi M.O’rmonova ochib, barcha ishtirokchilarni Farg’ona viloyati hokimi Hayrullo Bozarovning tashabbusi bilan respublikada birinchi bor o’tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” festivali bilan  muborakbod etdi.

– Hayotda turmush yumushlarining ko’p qismi ayollar zimmasiga tushadi, – deydi M.O’rmonova. – Agar ayol hayotda ham jismonan, ham ma'nan sog’lom bo’lsa, jamiyat sog’lom bo’ladi. Chunki, kelajakning mevasi bo’lmish farzandlar onalar sababli dunyoga keladilar. Ularga boshlang’ich ta'lim-tarbiya va odob-axloqni ular o’rgatadilar. Shunday ekan, kelajak avlodning barkamol bo’lishi ayollarning har jihattan yetuk bo’lishiga bog’liqdir.


Bejiz hikmatlarda: “Har bir buyuk shaxsning ortida ayol bor” deyilmagan. Mamlakatimizning farovonligi har jihatdan ayollarga ham bog’liq ekan. Yaratgan ularni o’z himoyasida saqlab, ularga baxtli hayotni nasib qilsin.


Tadbirda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydonova, tuman Targ’ibot guruhi rahbari D.Baxromova hamda tuman bosh imom xatibi A.Axmadaliyevlar ham ishtirok etishib, har birimizning boshimizdagi tojimiz, xonadonlarimizni nurga to’ldirib, haqqimizga to’xtovsiz duolarni qilguvchi volidai mehribonlarimiz haqida iliq so’zlarni aytdilar.


Marosim so’ngida barcha otinoiylarga birdek hurmat va ehtirom ko’rsatilib, ularga guldastalar va esdalik sovg’alari ulashildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram