Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2-SEKTOR XABARLARI

×

 2021-05-18 09:21:57    183

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodov sektor hududidagi 26-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, muassasada bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlarni o’rgandi. Oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan normada berilayotganligini ko’zdan kechirib, tashkilot rahbariga yong’in xavfsizlik qoidalariga va karantin normalariga amal qilishlari to’g’risida topshiriq berdi.


Shuningdek, sektor rahbarining ko’rsatmasiga ko’ra Xumdon MFYdagi saylov uchastkasida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, sektor rahbari ipak qurti parvarishlanayotgan xonadonlarda ham bo’ldi. Eshonguzar MFY, Yangi mahalla ko’chasi, 68-uyda yashovchi D.Yuldashevaning xonadonida bo’lib, ipak qurti parvarishlash jarayoni bilan tanishdi. Sektor rahbari tomonidan pillakorlarga qo’shimcha xonalar tashkil etish bo’yicha taklif berildi. 


Sektor rahbari ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish va ularning muammolarini o’rganish maqsadida Eshonguzar MFYda yashovchi M.Zokirovaning xonadonida bo’lib, muammolarini o’rgandi. Sektor rahbarining amaliy yordami bilan fuqaroni tumandagi “Langar” shifoxonasiga yotqizish choralari ko’rildi.

M.Shomurodov “Ayollar daftari”ga ro’yxatga olingan huquqiy maslahat olishga ehtiyoji bo’lgan Eshonguzar MFY, Yangi mahalla ko’chasi, 42-uyda yashovchi N.Nasriddinovaning xonadonida bo’lib, uning muammolarini o’rgandi.

Tuman prokurori qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha tuzilgan ishchi guruh a'zolari bilan birga g’alla va paxta maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganib, mexanizatorlar uyidagi mavjud shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Qo’shtepa tumani 2-sektor shtabi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram