Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KO’TARINKI RUHDA VA BAYRAMONA KAYFIYATDA O’TDI

×

 2021-05-17 21:22:09    168

PDF yuklash
Chop etish



 “Onalarga” ehtirom festivali doirasida Qo’shtepa tumanida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday tadbirlar mahallalar kesimida bo’lib o’tmoqda.

Bugun Do’rmon va Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inida “Onalarga ehtirom” festivalining mahalla bosqichi o’tkazildi.


Ko’tarinki ruhda va bayramona kayfiyatda o’tkazilgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov, viloyat prokurori B.Ismoilov, tuman prokurori M.Shomurodov, “Dehqon bozori” AJ rahbari D.Yusupova hamda mahalla faollari, keksa onaxonlar, mehnat faxriylari ishtirok etdilar.


Ushbu tadbir “Eng ma'rifatli farzandlar onasi” nominatsiyasi bo’yicha ishtirok etayotgan M.Soliyevalar xonadonida bo’lib o’tdi.


Tadbir davomida 10-maktab o’quvchilari tomonidan onalarga atab she'rlar aytildi.

Festival Nizomi asosida mahalladagi “Eng ma'rifatli farzandlar onasi” nominatsiyasi bo’yicha M.Soliyeva, “Ibratli qaynona” nominatsiyasi bo’yicha M.Yoqubova va B.Temirova, “Eng namunali ona” nominatsiyasi bo’yicha M.Abdurahimova, “Eng ma'rifatli farzandlar onasi” nominatsiyasi bo’yicha M.Qo’naqovalar g’olib deb topilib, ularga tuman hokimligining esdalik sovg’alari va tashakkurnomalari topshirildi.


Shuningdek, festival doirasida tuman hokimi I.Novikov va tuman prokurori M.Shomurodovlar Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inida ko’p yillardan buyon ipak qurti parvarashlayotgan G.Usmonovaning xonadonida ham bo’lishdi. G.Usmonovaga tuman rahbari tomonidan gullar taqdim qilinib, sovg’alar topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram