Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAMARALI MEHNATNING MUNOSIB E'TIROFI

×

 2021-05-17 11:49:49    166

PDF yuklash
Chop etish


9 may – Xotira va qadrlash kunida viloyatimizda turli sohalarda ko’p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimizdan 45 nafariga “Nuroniy” jamg’armasining “Mehnat faxriysi” ko’krak nishoni hamda viloyat hokimligi sovg’alari tantanali ravishda topshirilgan edi.

Taqdirlanib, “Mehnat faxriysi” ko’krak nishoni olganlar orasida Qo’shtepa tumani Qorajiyda mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Karimjon aka Xakimov ham bor.

Qorajiydalik Karimjon aka Xakimov Farg’ona politexnikumini bitirgach, 1970 yildan 2010 yilgacha Toshloq paxta tozalash zavodida turli lavozimlarda halol va samarali mehnat qildi. Qarilik nafaqasiga chiqqach, 2011 yildan 2016 yilgacha Xalqabod mahalla fuqarolar yig’ini raisi bo’lib ishladi. Hozir ham el-yurt xizmatida.  

Tinib tinchimas inson tumanimizdagi bir guruh nuroniy otaxonlar bilan birga ommaviy sportni aholi orasida keng targ’ib etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.


Karimjon aka Xakimovning tashabbusi bilan 27 nafar nuroniylar joriy yilning 31 mart kuni Qo’shtepadan ko’hna Samarqand shahrigacha velosipedda yo’lga chiqishib, 6 aprel kuni Farg’onaga qaytishdi.

Tumanimizdagi nuroniy otaxonlardan iborat velosportchilar haftada bir marotaba shanba kunlari viloyatimizning turli tumanlari bo’ylab vilosipedda 100 km yurishadi. Ularning safi tobora kengayib, yoshlarning qiziqishi ham ortib bormoqda. Jamoadagilarning aksariyatini nuroniy otaxonlar tashkil etadi.

– Menga ko’rsatilgan e'tibordan juda hayajonlanib ketdim. Buning uchun muhtaram yurtboshimizga o’z minnatdorchiligimni bildiraman – deydi Karimjon aka Xakimov. – Shu o’rinda ezgu niyatimni aytay, eng avvalo el-yurt ravnaqi uchun mehnat qilishga hamisha tayyorman. Tumanimizdan ham vatanimiz bayrog’ini baland ko’targancha o’zbek sportchilari kuch-qudratini jahonga tanitadigan yoshlar ko’payishiga umid va ishonch bildiraman.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram