Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 180 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BUGUN XALQARO OILA KUNI

×

 2021-05-15 22:28:41    151

PDF yuklash
Chop etish



Bugun “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tuman hokimligi, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, 4-sektor shtabi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi hamda Qorajiyda, Xalqabod va Xo’jaqishloq mahalla fuqarolar yig’inlari hamkorligida “Onalarga ehtirom” shiori ostida “Oila muqaddas dargoh” deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.


Tadbirda tuman hokimi maslahatchisi M.Mo’ydinova, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi boshlig’i N.Otabekov, 4-sektor rahabari Z.Mirzayevlar ham ishtirok etdilar.


Hududdagi mahalla fuqarolar yig’ini raisi va o’rinbosarlarining tashabbusi bilan “Eng yaxshi ma'rifatli farzand onasi”, “Eng yaxshi qishloq xo’jaligi xodimini tarbiyalangan ona”, “ Eng mehnatkash ona”, “Eng yaxshi o’qituvchilar sulolasi onasi” “Eng yaxshi hunarmandlar onasi” naminatsiyalari sohibi bo’lgan besh nafar onaxonlar o’z oilalari bilan tadbirga taklif etildi. 


Tadbirda ushbu oila vakillarining

- Bugunning ayoli ...

- uning salomatligi;

- uning savodxonligi;

- tadbirkorligi;

- farzandlar tarbiyasidagi jonkuyarligi;

- sog’lom fikrli, ma'naviyatli, teran idrokli oiladagina vatanparvar, kelajakka ishonch bilan qaraydigan farzandlar tarbiyalanishi haqidagi ibratli fikrlari ilgari surildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o’zlarining hayotiy tajribalarini yig’ilganlar bilan o’rtoqlashdilar.


Tadbir so’ngida “Eng yaxshi ma'rifatli farzand onasi” S.Turdaliyeva, “Eng yaxshi qishloq xo’jaligi xodimini tarbiyalagan ona” Q.Oxunova, “Eng yaxshi hunarmandlar onasi” S.Qodirova, “Eng yaxshi o’qituvchilar sulolasi onasi” S.Abduraximova, “Eng mehnatkash ona” F.Isaqovalar esdalik sovg’alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram