Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAY OYINING UCHINCHI O’N KUNLIGIDA “ONALARGA EHTIROM” FESTIVALI O’TKAZILADI
2021-05-10 22:59:22 173
Dunyo bo’ylab ko’plab mamlakatlarda may oyining turli kunlarida “Onalar kuni” nishonlanadi. Joriy yil may oyining uchinchi o’n kunligida viloyatimizda «Onalarga ehtirom» festivalini o’tkazish rejalashtirilmoqda.
Mahallalarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarni umuminsoniy va milliy, oilaviy qadriyatlar, yuksak odob-ahloq tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini g’oyaviy tahdidlardan himoya qilish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, har tomonlama barkamol iqtidorli qizlarni aniqlash, rag’batlantirish va munosib taqdirlash, ayniqsa yosh avlod o’rtasida eng muqaddas zot hisoblangan Onalarga ehtirom va hurmat ko’rsatish, e'zozlash maqsadida tashkil etilayotgan “Onalarga ehtirom” festivali tumanimizda ham bo’lib o’tadi.
Ushbu festivalni yuqori saviyada tashkil etish va o’tkazish maqsadida bugun tuman hokimligining majlislar zalida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda tuman hokimining o’rinbosarlari, tashkiliy qo’mita a'zolari, mahalla fuqarolar yig’ini raislari va ularning o’rinbosarlari ishtirok etdilar.
Yig’ilishni tuman hokimi I.Novikov olib bordi. Tuman rahbari tomonidan “Onalarga ehtirom” festivalini tumanimizda yuqori saviyada tashkil etish va o’tkazishni ta'minlash bo’yicha Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limida tashkiliy guruh faoliyatini yo’lga qo’yish, festivalni Nizomda belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatini joylarda keng targ’ib etish va Nizom asosida shaffoflik bilan o’tkazish, festival g’oliblarini rag’batlantirish, mahalla fuqarolar yig’inlari hamda tegishli tashkilotlar kesimida Festival ishtirokchilarini ro’yxatini shakillantirish, har bir mahallalarda o’tkaziladigan tadbirlar reja-grafigini ishlab chiqish yuzasidan tegishli taklif va topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.