Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKORLAR QABULI: MUROJAATGA TEZKOR YECHIM
2021-05-10 13:14:56 149
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagida bo’lgan fuqarolarni qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini ko’rib chiqish va muammolarini o’z vaqtida bartaraf etish maqsadida tuman hokimi I.Novikov tadbirkorlarni qabul qildi.
Ushbu qabul tumanimizdagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasida bo’lib o’tdi.
Bugungi qabulda 10 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etib, ular tomonidan tadbirkorlikni kengaytirish hamda yangi ishchi o’rinlar yaratish uchun kredit olish va yer maydoni ajratish kabi masalalarda murojaatlar qilindi.
Qabulda har bir tadbirkorning murojaatlari tuman hokimi tomonidan eshitildi. Murojaatlarning aksariyatini joyida hal etilishiga e'tibor qaratildi. Muddat talab etuvchi murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, huquqiy maslahatlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.