Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDA “YOSHLAR DAFTARI”DAGI 132 NAFAR YOSHGA TIKUV MASHINALARI, MOTOKULTIVATOR, TURLI ASBOB-USKUNA VA MEHNAT QUROLLARI TARQATILDI

×

 2021-05-08 15:58:27    240

PDF yuklash
Chop etish



Ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash bo’yicha tumanimizda “manzilli reja”lar ishlab chiqilib, uning ijrosiga e'tibor qaratilyapti. Xususan, Qo’shtepa tumanida “Yoshlar daftari” bo’yicha o’tkazilgan xatlov natijalariga ko’ra, 38 ming 216 nafar yosh ishtirokida so’rovnoma o’tkazildi.

Tumandagi yoshlarning 4921 nafari (1980 nafari ayollar) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo’lib shundan, 2280 nafarini ishga joylashtirish orqali, 446 nafarini tadbirkorligiga ko’maklashish orqali, 485 nafarini kasb-hunarga o’qitish orqali, 685 nafarini “Har bir tadbirkor yoshlarga madadkor” tamoyili asosida, 855 nafarini “Ustoz-shogird” an'anasi doirasida usta hunarmandlarga biriktirish orqali bandligi ta'minlanadi hamda 180 nafar yoshlarni ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik muammosi hal etilib, yoshlar daftaridan chiqarish rejalashtirilgan.

 “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tumanimizda keng ko’lamli tadbirlar bo’lib o’tmoqda. Shunday tadbirlardan biri yoshlar bandligini ta'minlash va bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi I.Novikov, tuman hokimi o’rinbosarlari, sektor rahbarlari, O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bo’limi hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.


Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib yig’ilganlarni “9 may – Xotira va qadrlash kuni” bilan muborakbod etdi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularni o’z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilganligi haqida takidlab o’tdi.


Tadbirda “Yoshlar daftari”dagi jami 132 nafar yoshlarga 323 million 345 ming so’mlik jixozlar topshirildi. 


Tumanimizdagi 51 ta mahalla fuqarolar yig’inidan kelgan yoshlarimizga 51 dona velosiped va o’simliklarga kimyoviy ishlov berish apparati, 51 dona tikuv mashinasi, 10 ta motokultivator, 10 ta elektro svarka apparati, 5 ta santexnika dazmoli, 5 ta motorli arra topshirildi.


Shuningdek, 51 nafar yoshlarga bir martalik 24 million 490 so’mlik moddiy yordam berildi. 

– Uyda onamni eski tikuv mashinasi bor, – deydi biz bilan suhbatda “Yo’ldoshobod” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Xosiyatxon Olimova. – O’sha eski tikuv mashinasida turli kiyim-kechaklar tikar edim. Yangi tikuv mashinam bo’lishini juda-juda xohlagan edim. Mana, bugun niyatimga erishdim. Endi oldingidan ham ko’proq buyurtma olib, mahalladoshlarimga xizmat qilaman. Bizga ko’rsatilayotgan bunday e'tibor uchun yurtboshimizga va tumanimiz rahbarlariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Darhaqiqat, bugun tumanimizda yana 132 nafar yoshlarning bandligi ta'minlandi. Ishsizligi tufayli “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 132 nafar yoshlar endi o’z ishlarini bemalol yo’lga qo’yib olib, bu imkoniyatdan unumli foydalanadilar.


Tadbir davomida tuman madaniyat markazi xodimlari tomonidan “9 may – Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan bayram dasturi ham namoyish etildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram