Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MA'NAVIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH – ZAMON TALABI
2021-05-05 21:16:11 260
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi hamda tuman IIB bilan hamkorlikda mavjud muammolarni hal etish, ma'naviy - ma'rifiy ishlarning samarasi va ta'sirchanligini oshirish, ko’lami va miqiyosini yanada kengaytirish, mamalakat aholisi, avvalo yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik xissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tazimini yaratishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-5040-sonli qaror ijrosi yuzasidan davra suhbati o’tkazildi hamda tushuntirish ishlari olib borildi.
Davra suhbatida so’z olgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi rahbari N.Otabekov va tuman IIB Ma'naviy ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari, podpolkovnik M.Sharopovlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o’rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, Vatanga muhabbat, xizmat qasamyodi va kasbiga sadoqat, fidoyilik, halollik, poklik singari fazilatlar har bir xodimning e'tiqodiga aylanishi lozimligini aytib o’tishdi
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.