Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUAMMOLAR IJROSI – HOKIM NAZORATIDA
2021-05-04 17:10:54 174
Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan haftaning seshanba kuni tuman Xalq qabulxonasida o’tkazib kelinayotgan qabul aholining murojaatlarini samarali hal etishda muhim omil bo’lmoqda.
Bugun bo’lib o’tgan navbatdagi qabulda 60 nafarga yaqin fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlari birma-bir tinglandi va ularga yechim topish chora-tadbirlari belgilandi.
Qabulda hokim o’rinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Murojaatchilarning barchasi bevosita tuman rahbari tomonidan qabul qilindi. Fuqarolarning uy-joy, suv va elektr ta'minoti, moddiy yordam, bolalar uchun nafaqa puli olish kabi o’nlab masalalardagi murojaatlari bevosita tuman rahbari tomonidan qabul qilindi.
Qabul chog’ida muammolar birma bir tinglandi va yechimiga e'tibor qaratildi. Aksariyat murojaatlar shu yerning o’zidayoq tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo’naltirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.