Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2021-04-27 17:57:01    192

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yilning 27 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e'lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda:

“Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Do’rmon manzilidan yozmoqdamiz. Pulini

oyma-oy to’lasak ham suv kelmayapti. Suv muammosini hal qilish berishlarini

so’raymiz”  – deya shikoyat qilingan.

Ismi-sharifi ko’rsatilmay Qo’shtepa tumani, Do’rmon MFYdan yo’llangan ushbu murojaat “Farg’ona suvta'minoti” MChJ Qo’shtepa tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan, joyiga borgan holda o’rganib chiqildi.

Ushbu o’rganishlarga ko’ra shuni ma'lum qilamiz: Do’rmon mahallasida ko’cha kalonkasi mavjud emas. Qolaversa, Do’rmon va Do’stlik MFY hududida yashovchi aholi tomonidan iste'mol qilingan ichimlik suvi uchun to’lovlar har xil vajlarni bahona qilgan xolda amalga oshirilmaganligi tufayli “Farg’ona suvta'minoti” MChJ Qo’shtepa tumani bo’limi tomonidan xizmat ko’rsatilmagan.

Shuningdek, 2021 yil “Obod qigshloq va obod mahalla” Davlat Dasturi doirasida Do’rmon MFY hududida ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida qurilish montaj ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram