Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUD-HUQUQ MASALALARI BO’YICHA OMMAVIY QABUL O’TKAZILDI

×

 2021-04-22 17:05:33    173

PDF yuklash
Chop etish



Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O’zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi, O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy Kengashi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo’mitasi vakillari ishtirokida Qo’shtepa tumanidagi 1-IDUMda Qo’shtepa, Yozyovon va Oltiariq tumanlari fuqarolari uchun ommaviy qabul o’tkazildi.


Tadbir davomida Qo’shtepa tumanida foliyat olib borayotgan tadbirkor va hunarmandlar o’zlarining ko’rgazmalari bilan qatnashdilar. Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan tumandagi mavjud bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi ham bo’lib o’tdi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o’rinbosari B.Ismailov rahbarligida Respublika ishchi guruhi tomonidan tumanimizda sud-huquq masalalari yuzasidan o’tkazilagan ommaviy qabulda fuqarolarning ma'muriy, fuqarolik,  iqtisodiy va jinoyat ishlariga doir murojaatlari eshitildi.


Qabulda Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov, Yozyovon tumani hokimi D.Djalilov va sektor rahbarlari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari hamda tegishli mas'ullar ham ishtirok etdilar.


Ochiq muloqotlarda har bir masala ixtisoslik bo’yicha mas'ullar bilan birga muhokama qilindi. Ayrim masalalar shu yerning o’zida hal qilingan bo’lsa, qolganlari bo’yicha arizalar qabul qilinib, tegishli tartibda ko’rib chiqish belgilandi. Har bir murojaat natijasi nazoratga olindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram