Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 143 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#JARAYON

×

 2021-04-22 12:10:17    163

PDF yuklash
Chop etish



Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to’liq o’tishni ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaror ijrosi yuzasidan tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan, 2021-2023 yillar davomida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha “Yo’l xarita”si ishlab chiqilgan.

Jumladan, “Yo’l xarita”da O’zbekiston Respublikasi fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, fuqaroligi bo’lmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida bo’lishini ta'minlash ko’rsatib o’tilgan.


Bugun tuman hokimining maslahatchisi U.Xolmatov tomonidan, tuman Ichki ishlar bo’limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmasi hamda tuman FXDYo bo’limida, hujjatlarni takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida bo’lishini ta'minlash jarayonlari yuzasidan o’rganish o’tkazildi.


O’rganish davomida, Ichki ishlar bo’limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmasi hamda FXDYo bo’limida hujjatlar (pasport, horijga chiqish bo’yicha biometrik pasport, tug’ilganlik guvohnomasi, o’limni qayd etish guvohnomasi, nikoh hamda ajrim guvohnomlari) lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida yozilyayotganligi va ushbu ma'lumotlarning yagona elektron bazasi shakllanganligi aniqlandi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram