Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YOSHLIK” FUTBOL JAMOASI VILOYAT BIRINCHILIGIDA QATNASHISH UCHUN PUXTA TAYYORGARLIK KO’RMOQDA

×

 2021-04-21 12:25:15    163

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanida professional futbolni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Tumanda hududiy birinchiliklarda ishtirok etuvchi futbol jamoasi shakillantirilgan va musobaqalarni o’tkazishga mos markaziy stadion ham mavjud.


Tumanimizda tashkil etilgan “Yoshlik” futbol jamoasi viloyat birinchiligida qatnashish uchun puxta tayyorgarlik ko’rmoqda. Ayni kunlarda jamoa a'zolari ahillik va birdamlik bilan mashg’ulotlarni olib bormoqdalar.



Bugun tuman hokimi I.Novikov markaziy o’yingohda mashg’ulot olib borayotgan, “Yoshlik” futbol jamoasi a'zolari va ularning murabbiylari bilan uchrashdi. Futbolchilarimiz bilan samimiy suhbatlashib ularning oldindagi maqsad va rejalari bilan tanishdi.


Tumanda professional futbolni rivojlantirish va zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida jamoa uchun mahalliy byudjet mablag’laridan 10 million so’m ajratilib 20 dona futbol to’pi, uy va mexmon o’yinlari uchun 20 tadan jami 40 ta forma va mashg’ulot o’tkazish uchun 40 dona maxsus jihozlar sotib olindi.


Tuman rahbari “Yoshlik” futbol jamoasi a'zolariga futbol to’pi, forma va mashg’ulot o’tkazish uchun maxsus jihozlarni topshirdi. Jamoa a'zolariga esa bo’lajak o’yinlarda omad tilab, o’zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram